Dasturchilar nega qora fonni yoqtirishadi?
Ko‘pchilik dasturchilar kod yozayotganda qora fonli (dark mode) editorlardan foydalanadi. Buning sababini bilasizmi?
🔸 Ko‘z charchoqlari kamroq bo‘ladi – Qora fon ko‘zga kamroq zo‘riqish beradi, ayniqsa, uzoq vaqt monitor oldida o‘tirganda.
🔸 Energiyani tejaydi – OLED va AMOLED ekranlarda qora fon kamroq quvvat sarflaydi. Shu sababli, dark mode batareyani uzoqroq saqlaydi!
🔸 Hacker’lar va pro dasturchilar imidji – Filmlar va seriallarda hacker’lar doim qora fonli terminal ishlatgani uchun, bu «pro» ko‘rinish beradi deb hisoblanadi. 😎