Futbol tarixidagi eng yirik hisob – 149:0!
📅 2002-yil 31-oktyabr, Madagaskar chempionatida «AS Adema» – «Stade Olympique de L’Emyrne» uchrashuvi tarixga kirdi!
🔹 O‘yin 149:0 hisobida yakunlandi – bu futbol tarixidagi eng yirik g‘alaba! 😲
🔹 Buning sababi? «Stade Olympique de L’Emyrne» jamoasi hakam qaroriga norozilik sifatida o‘z darvozasiga 149 ta avtogol urdi!
🔹 O‘yin davomida «AS Adema» futbolchilari birorta ham gol urishmadi, chunki raqib jamoa o‘z darvozasiga to‘pni tepishda davom etgan!
⚡️ Bu nafaqat futbol, balki sport tarixidagi eng g‘alati o‘yinlardan biri bo‘lib qoldi! 🤯