O’ZINDUKTSIYA
O’ZINDUKTSIYA — elektr zanjiridagi tok kuchining o’zgarishi natijasida bu zanjirda elektr yurituvchi kuch (e.yu.k.) hosil bo’lishi. Zanjirda tok o’zgarganida shu zanjir konturi bilan cheklangan yuzada magnit induktsiya oqimi ham o’zgaradi, natijada unda o’zinduktsiya e.yu.k. hosil bo’ladi. Uning yo’nalishi Lents qoidasi bilan aniqlanadi. O’zinduktsiya hodisasi elektrotexnika va radiotexnikada muhim ahamiyatga ega. Masalan, induktivlik g’altagiga ketma-ket ulangan kondensator O’zinduktsiya tufayli o’z-o’zidan qayta zaryadlanadi, natijada konturda elektromagnit tebranishlar paydo bo’ladi.