BELUXA

BELUXA (Delphinapterus leucas) — delfinsimonlar oilasiga mansub sut emizuvchi hayvon urug’ining yagona vakili. Tanasining uzunligi 6 metrgacha, og’irligi 1,5 tonnagacha. Beluxa Shimoliy Muz okeani va u bilan tutashgan dengizlarda tarqalgan bo’lib, muzlar orasida ham uchraydi. Boshnning peshopa qismidagi mustahkam qadog’i yordamida muzlarni bemalol yorib suzib yuradi. Baliqlar, qisqichbaqasimonlar va boshqa mayda hayvonlar bilan oziqlanadi. Bachiqlar galalarnning orqasidan daryolarga ham o’tadi. Beluxa poda bo’lib yashaydi. yirik (1,5 metr keladigan) bola tug’adi. Tutqinlikka yaxshi chidaydi. Go’shti, terisi va yog’i uchun cheklangan miqdorda ovlanadi.

BELUXA — Oltoydagi eng baland cho’qqi, Katun tizmasida, 2 cho’qqidan iborat. Mutlaq balandligi 4506 metr. Yon bag’irlari doimiy muz va qor bilan qoplangan. Katun, Berel, Mensu va boshqa muzliklar (umumiy maydoni qariyb 70 kilometr) bor.