Hazorasp markazi haqida eshitganmisiz?

Hazorasp markazi haqida eshitganmisiz? – Xorazm oblastining Hazorasp rayoni markazi. Toponimning etimologiyasi haqida hozirgacha tadqiqotchilar tomonidan turli xil fikrlar bildirib kelinadi. Bu fikrlarning aksariyat ko’pchiligida nomni ikki qismga bo’lib (ya’ni “Hazora” va “Asp”) tekshiradilar va shu asosda toponimning kelib chiqishini izohlaydi. Shulardan ba’zilarini keltiramiz. Professor Ya.G’ulomovning yozishicha qal’ani bahaybat deb qurgan emish. Deb aldash yo’li bilan bu yerga suv ichgani keladigan mingta qanotli otni qo’lga kiritgan. Shundan so’ng ularning qanotini kesib o’ziga o’rgatgan. Shu otlarning nihoyatda yaxshi avlodlari tufayli shuhrat qozongan bu qal’ani Hazorasp, ya’ni “ming ot” deb atay boshlaganlar. A.R.Muhammadjonov va T.Ne’matovlar shu afsonaga asoslangan holda Hazorasp – “ming suvoriy beradigan ma’muriy territoriya ma’nosida bo’lsa kerak” degan fikrni aytadilar. Toponim haqida Yu.Jumanazarov shunday bir fikrni bildiradi: Hazorasp nomi asosida qabila nomi yotadi, ya’ni bu Hazora – os bo’lib, “os qabilasi” degan ma’noni anglatadi. Hazorasp formasi esa “ming ot” afsonasi asosida vujudga kelgan. Bu fikr haqiqatga ancha yaqin. Os qabilasining Xorazm territoriyasida yashaganligi haqida tarixiy ma’lumotlar bor. Shuningdek, Os qal’a, Oslar, Osyon kabi toponimlarning mavjudligi bu fikrni tasdiqlaydi. Ammo Beruniyning yozishicha, Os qabilalari eramizdan oldinoq shimolga ko’cha boshlagan. Shunday ekan ilk o’rta asrlarga mansub bo’lgan Hazorasp qal’asining oslar shahri bo’lganligiga ishonish qiyin. Hazorasp toponimi Xorazm shevasi vakillari tilida Hazaris shaklida qo’llaniladi. Shuningdek, yozma manbalarda ham bu nom Xazaris, Xazarus, Azarus formalarida tilga olinadi. Shunday qilib Hazorasp toponimi ikki komponentdan Hazoris (-us) Xazor – xalq nomi, is-us ko’plik qo’shimchasi shaklida yasalgan. Hazor so’zining etimologiyasi haqida hozir biror aniq fikr aytish qiyin. Ammo shuni ta’kidlash kerakki, osetin tilidagi xussar “janub, janubiy” so’zi bilan ma’lum darajada aloqador bo’lishi mumkin.

Добавить комментарий