BYOLL
BYOLL (Boll) Genrix (1917.21.12 Kyoln—1985.16.7)—nemis yozuvchisi. Ijodi fashizmga qarshi va ijtimoiy-tanqidiy mavzuga moyil: «Qayerda eding, Odam ato» (1951), «bir og’iz ham so’z demay» (1953), «to’qqiz yarimdagi bilyard o’yini» (1959), «xonim va atrofidagilar portreti» (1971) va boshqa romanlari ruhiy tahlilining chuqurligi, ko’tarilgan masalalarning o’tkir va jiddiyligi, insonparvarlik ruhi bilan ajralib turadi. «Katarina Blyumning yo’qolgan iffati…»(1974), «Reyn sohilidagi ayollar» (1985) kabi siyosiy romanlar muallifi. Nobel mukofoti laureati (1972).