O’PKASIZ SALAMANDRALAR
O’PKASIZ SALAMANDRALAR — dumsiz suvda va quruqlikda yashovchilar oilasi. Uzunligi 5-15 santimetr. O’pkasi reduktsiyaga uchragan (nomi shundan), yuragi 2 kamerali, terisi va og’iz bo’shlig’i shilliq qavati orqali nafas oladi. 22 urug’i, 215 turi bor. Amerika va Janubiy Yevropada tarqalgan. Ko’pchiligi suvda doimiy (tog’dagi soylar, g’or va o’rmonlardagi suv havzalari, quduqlarda), ba’zi turlari daraxtlarda o’rmalab yuradi. Mayda umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. G’or O’pkasiz salamandralar uzun tili yordamida hasharotlarni tutib oladi. Tuxumlari va lichinkalari suvda yoki quruqlikda toshlar ostida va nam tuproqda, daraxtlar kovagida rivojlanadi. Urg’ochilari quruqlikda, odatda, tanasi bilan tuxumlarini o’rab olib, ularni himoya qiladi. Metamorfoz orqali yoki metamorfozsiz rivojlanadi. Ayrim turlari tirik tug’adi.