O’PQON

O’PQON — tuproq va tuproqosti g’ovak jinslaridagi yoriq va kavaklar. Yaqinida jar, soylik va boshqalar chuqurliklar bo’lgan joylarda hamda nishabligi katta yerlarda bo’ladi. O’pqon vujudga kelishiga ko’pincha yerqazir hayvonlar (kalamush, dala sichqoni, qo’shoyoq va boshqalar) sabab bo’ladi va u ko’proq lyoss va g’ovak jinsli yerlarda uchraydi. O’pqon kanal va ariqlarning buzilishi va ekin yerlarining ishdan chiqishiga sabab bo’ladi.