Ispan elchisi Rui Gonsales de Klavixoning “Samarqandga Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi (1403-1406)” Yevropa tillarida e’lon qilingan birinchi yozma manbalar qatoriga kiradi.
Buyuk rassom Rembrandt Boburiylar zamonidagi hind miniatyuralaridan ilhomlanib, Amir Temur va uning vorislarini portretda aks ettirib abadiylashtirdi. Rassom Amir Temurni valiahdlar Umarshayx, Zahiriddin Bobur, Humoyun va Akbarlar davrasida tasvirlaydi.
XVI asrda yashagan mashhur ingliz shoiri va dramaturgi Kristofer Marloning “Buyuk Temur” (1587) nomli o’lmas tragediyasida yosh Temurbek matonatli qahramon, yengilmas bahodir, o’zining tengsiz aqli, salohiyati va shijoati bilan jahon tarixidagi pudqudrat podsholardan biriga aylangani ta’riflanadi. Tragediya XVII asrgacha sahnadan tushmagan. Angliyada Shekspir qirollik teatri hamisha mavsumini shu spektakl bilan boshlaydi.
Bir nech yevropalik bastakorlar musiqiy asarlarida Amir Temur obrazini yaratganlar. XVII asr boshida italyan bastakori Gaspirni “Amir Temur” operasini yaratdi, opera Vena teatrida sahna yuzini ko’rdi, bastakor Leo esa uni Neapol teatrida qo’ydirdi.
Antonio Vivaldi, Skolari, Gendel va boshqa bastakorlar ham shu mavzuda musiqa asarlari yaratganlar.
Sohibqiron haqida Sharqning o’zida olti yuzdan ortiq, butun dunyoda esa mingdan ziyod kitob yozilgan va yozilmoqda. Hali dunyoda hech kim haqida, ayrim arbob va sarkarda to’g’risida, shunchalar ko’p kitob yozilmagan! Bu ulug’ bobomizning jahonshumul zot ekanliklarini yaqqol ko’rsatib turibdi.