DO’LTALITOV QIRI

DO’LTALITOV QIRI – Qashqadaryo viloyatidagi qir. Karshi cho’lining sharqiy qismidagi Nishon dashtining Sharqiy chekkasida joylashgan. Eng baland joyi 512 metr (Do’ltalitov), uzunligi 12 kilometr, Janub-g’arbdan shim. sharqqa yo’nalgan. Do’ltalitov qirida usti yassi tepaliklar bor, quruq o’zan ko’p. Neogenning qumtosh, gil, konglomerat va quyi to’rtlamchi davrning lyossimon jinslari qatlamlaridan tarkib topgan. Bo’z tuproqlarda karrak, Iloq, oqquray, kovrak, qo’zi-quloq tarqalgan. Do’ltalitov qirining etagidan qarshi magistral kanali o’tgan.