Madaniyat va madaniy meros
XX asrning so‘nggi choragi nafaqat texnik taraqqiyotning yuqori darajaga ko’tarilganligi, balki milliy madaniyatlarning yuksalishi, turli etnik guruhlar va millatlarning o‘zligini anglashi, o‘z milliy madaniy qadriyatlari va merosini tiklashga bo’lgan intilishlarining kuchayganligi bilan ham xarakterlanadi. Milliy o’zlikni anglash jarayoni sobiq sotsialistik lager va sobiq sho‘rolar davlatining parchalanishi tufayli yanada teziashdi va yaqqolroq ko’zga tashlana boshladi. Milliy va mafkuraviy istibdod iskanjasidan ozod bo’la boshlagan turli etnik guruhlar o‘zlarining unutilayotgan azaliy va madaniy merosini tiklay boshladilar. Bu jarayonni 130 yil mustamlakachilik iskanjasida bo‘lgan xalqimizning o‘zligiga qaytishi va madaniy merosni qaytadan tiklashdagi intilishida ham ko’rsak bo’ladi. Ayniqsa, jamiyatni isloh qilish jarayonida madaniy merosga bo‘lgan munosabat tubdan o’zgardi.
Bu xususda Prezidentimiz Islom Karimov birinchi chaqiriq Oliy Majlisning IV sessiyasida so‘zlagan nutqida: «Jamiyatimizni isloh qilish va yangilash boshlangani tufayli inson ma’naviyati, yuksak axloqi va madaniyatining qudratli qatlamlari ochildi, go‘zal milliy an’analar tiklandi, jahon sivilizatsiyasiga salmoqli hissa qo’shgan ajdodlarimizning ulkan ma’naviy merosiga murojaat etish boshlandi», degan edi.
Madaniy meros deganda biz nimani tushunamiz? Madaniy merosni tiklashdan ko‘zlangan maqsad nima? Madaniy merosni tiklashda qaysi mezonlarga amal qilinadi?
Madaniy meros tushunchasini aniqlab olish uchun, umuman, meros, madaniy meros va ma’naviy meros tushunchalarini bir-biridan farqlay olishimiz zarur.
«Meros» tushunchasi keng ko’lamli tushuncha bo‘lib, u o‘ziga madaniy va ma’naviy meroslarni ham birlashtiradi. Meros — bu insoniyat tarixiy taraqqiyotining turli davrlarida yaratilgan va keyingi avlodlargacha yetib kelgan moddiy va madaniy boyliklar yig‘indisidir. Madaniy meros esa o‘tmish ajdodlarning o‘z avlodlariga vorisiylik asosida yetkazib berilgan, asrlar, dolg‘ali davrlar, buhronli kunlar sinovlaridan o‘tib kelgan, insoniyatning hozirgi va keyingi davrlari taraqqiyotiga yordam beruvchi moddiy va ma’naviy boyliklari majmuyidir. Ma’naviy meros esa, o‘tmish ajdodlarning hayoíiy tajribalari, dunyoqarashi, axloq-odobi, iymon -e’tiqodi, badiiy-estetik, ilmiy, falsafiy, siyosiy-huquqiy qarashlari va milliy-ma’naviy qadriyatlari yig‘indisidir.
«Madaniy meros» aslida m adaniyatshunoslik («madaniyat tarixi va nazariyasi») fanining asosiy qonunlaridan biri hisoblanadi.
Madaniy meros, umuman, merosning, ma’naviy meros esa madaniy merosning doirasiga kiradi. O‘tmishdan bizga yetib kelgan barcha narsalar umumiy merosni tashkil etsa-da, faqat uning madaniy qadriyatlar darajasiga chiqqan qismigina madaniy meros hisoblanadi. Masalan, sobiq sho‘rolar davrida yaratilgan, uning siyosati va mafkurasiga xizmat qilgan va uni targ’ib etgan, endilikda mamlakatimiz taraqqiyotiga xizmat qilmay qo‘ygan ayrim badiiy asarlar, kinofilmlar, teatr va musiqa, haykaltaroshlik va tasviriy san’at asarlari, inqilob, quloqlashtirish, bosmachilik harakati va ularga qarshi kurashganlar haqidagi asarlar madaniy meros bo‘la olmaydi. Ularni faqat tarixiy fakt sifatida saqlab qo’yish mumkin, xolos.
Madaniy va ma’naviy meros o‘rtasiga «buyuk Xitoy devori»ni qo‘yib bo‘lmaydi. Sababi, ma’naviy faoliyatning ma’naviy-ruhiy bilimlar. qobiliyatlar, iste’dod va salohiyat, aql-farosat, ilmiy va am aliy bilim lar, tajriba, malaka va ko‘nikmalar kabi elementiari madaniy merosning yaratilishida bevosita ishtirok etadi. Boshqacha qilib aytganda, insonning ma’naviy-ruhiy holatlari natijalari madaniy merosda moddiylashadi.
Madaniy va ma’naviy meroslar, birinchidan, umumiy va xususiy jihatlar (madaniy merosda umumiylik, ma’naviy merosda xususiylik) ning ustunlik qilishi, ikkinchidan, madaniy meros, umuman, madaniyat yutuqlarini, ma’naviy meros esa faqat ma’naviy madaniyat yutuqlarini qamrab olishi jihatlari biían bir-biridan farqlanadi. Ma’naviy merosga nafaqat madaniyatning moddiylashgan shaklíari (arxitektura, kinofllm, sahna asarían, badiiy asarlar va boshqalar), balki ilm-fan, falsafiy, siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, axloqiy, diniy g’oyalar, tushunchalar, tasavvurlar va boshqalar ham kiradi. Ma’naviy meros zamonlar o ‘tsa-da, o’z qadrini yo‘qotmaydi, barcha davrlarda kishilarning ongi va his-tuyg‘usiga ta’sir etib, ezgulikka chorlaydi. Ma’naviy meros kishilarning umum saviyasini kengaytiruvchi bilimlarning bitmas-tuganmas manbayi hamdir.
Albatta, o’zligini anglayotgan har bir xalq, miilat yoki elat o‘z ajdodlarining madaniy merosini tiklash, asrab-avaylash, rívojlantirish, boyitishga, keyingi avlodlarga yetkazib berishga harakat qiladi. O‘zbek xalqining bundan ko’zlagan maqsadi, avvalo, unutilayotgan miüiy-madaniy merosimizni qaytadan tiklash, o’zligimizni saqlab qolish va hozirgi davr ijtimoiy taraqqiyotiga javob beradigan komil insonni vujudga keltirishdir.
Albatta, o‘tmish madaniy merosini tiklash va uni o‘rganishda unga tobe bo’lib qolmaslik o‘ta muhim . Hozirgi kunda o‘tmish madaniy merosiga jamiyatimizni isloh qilish nuqtayi nazaridan turib, ayrimlariga yangicha mazmun bag’ishlagan holda yondashish talab qilinadi. Masalan, islom madaniy merosiga m utaassiblik va aqidaparastlik nuqtayi nazaridan emas, aksincha, umuminsoniy madaniy boylik, iymon-e’tiqod pokligiga, umuminsoniy axloq me’yorlari, ma’naviy hayotimizni boyituvchi azaliy qadriyatlarimizni mustahkamlovchi. milliy qiyofamizni namoyon qiluvchi asosiy manba sifatida yondashishimiz zarur.
Madaniy merosga baho berganda uning qay darajada milliy madaniyatimiz ravnaqiga xizmat qila olishini, xalqimiz ma’naviy hayotini shakllantirishi va m ustahkamlashi, kishilarimizni ezgulik va poklikka chorlay olishini, yovuzlik, tubanlik, nopoklik va axloqsizlikka qarshi kurasha olishini asosiy mezon qilib olish zarur.
Milliy madaniy merosimizga yondashishda quyidagi umuminsoniy mezonlarga suyanishimiz maqsadga muvofíqdir: a) insonparvarlik: b) vatanparvarlik; d) xalqchillik; e) taraqqiyparvarlik.
Umuman olganda, madaniy merosga inson, vatan, xalq va umumjamiyat taraqqiyoti manfaatlaridan kelib chiqqan holda yondashiladi. Xulosa qilib aytganda, Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, ota-bobolarimizdan bizga boy ma’naviy meros qolgan. Endi biz o ‘sha ulkan ma’naviy salohiyatni yanada yuksaltirishimiz, farzandlarimizga, kelajak avlodga munosib meros qilib qoldirishimiz kerak.