ESHQUVVATOV BEGMAMAT TESHAYEVICH
ESHQUVVATOV BEGMAMAT TESHAYEVICH (1938.20.8, Samarqand viloyati, Pastdarg’om tumani) — oziq-ovqat sohasidagi olim. Samarqand kooperativ instituti va Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, muhandislik-texnologiya fakultetida katta laborant, assistent, katta o’qituvchi, dotsent, prorektor, kafedra mudiri (1966-2003), 2004 yildan O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Samarqand bo’limida (hududiy muammolar kompleks ilmiy tekshirish institutida) ishlaydi. Ilmiy ishlari oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi samarali usullarning nazariy asoslarini ishlab chiqishga doir. Eshquvvatov matematik, fizik va biologik modellar asosida texnologik jarayonlarning yangi sxemalarini, muhandislik-hisoblash uslublarini yaratdi. As: Osnovi techeniya uprugovyazkix plasticheskix mass, Almaata, 2005; texnologik jihozlar va ularni loyihalash asoslari, T., 2005.