ESKALATOR
ESKALATOR (lotincha — zinapoya) — uzluksiz harakatlanuvchi qiya zinapoyalardan iborat polotnoli ko’tarishtashish qurilmasi; konveyer. Odamlar va yuklarni pastdan yuqoriga va, aksincha, eltish hamda tashish uchun xizmat qiladi. Eskalator metropoliten stansiyalari (tunnel Eskalator) va ko’p qavatli jamoat binolari: magazin, teatr va vokzallarda (qavatlararo Eskalator) ishlatiladi.
O‘xshash so‘zlar
- Eskalator
- ESKALATSIYA
- ESKI ANGOR
- ESKI DUNYO
- ESKI KERMEN
- ESKI O’ZBEK TILI
- ESKI O’ZBEK YOZUVI
- ESKI TUYATORTAR KANALI




