TABIATSHUNOSLIK

TABIATSHUNOSLIK, tabiiyot — tabiat haqidagi fanlar tizimi, tabiiy fanlar majmui. Tabiatning inson ongidagi aksi bo’lgan Tabiatshunoslik jamiyatning rivojlanishi bilan mukammallashadi. Tabiatshunoslikning maqsadi — tabiat hodisalarining mohiyatini aniqlash, tabiat qonunlarini bilish hamda ulardan amalda foydalanish imkoniyatlarini ochib berish. Tabiatshunoslik, asosan, fundamental fanlar bo’lgan mexanika, fizika, kimyo va biologiyadan tashkil topgan. Astronomiya, geologiya, tibbiyot fanlari, qishloq xo’jaligi. fanlari, ekologiya kabi ko’plab bilim tarmoqlari shu fundamental fanlardan kelib chiqqan. Tabiatshunoslik tabiatda yuz berib, ro’yobga chiqib turadigan materiya harakatining mexanik, fizik, kimyoviy va biologik shakllarini o’rganadi va o’rgatadi; ularning harakatlanish, o’zgarish, rivojlanish qonuniyatlarini ochib beradi, bu qonuniyatlarning uzluksizligini isbotlaydi. Tabiatshunoslik tarixi umumjamiyat tarixi bilan mustahkam bog’liqdir. Tabiatshunoslik tushunchasi faqat tabiiy sharoitlarni emas, ijtimoiy mehnat jarayonida yaratiladigan moddiy boyliklarni ham ifodalaydi. Tabiatshunoslikni alohida fan sifatida o’rganish g’oyalari Forobiy, Ibn Sino risolalaridan ma’lum. Abu Rayhon Beruniy esa Tabiatshunoslikni mustaqil fan sifatida rivojlantirishga hissa qo’shgan, hatto Tabiatshunoslikni ham bo’limlarga bo’lgan va geodeziya, farmakognoziyani mustaqil fanlar sifatida bayon etgan. Matematika Tabiatshunoslikning bir sohasi sifatida kelib chiqqan. Evklid, Diofant, Geron, Xorazmiy, Ulug’bek, Koshiy kabi olimlar matematik krnunlarni Tabiatshunoslik qonunlari asosida kashf etadilar. 17-asrdan nazariy Tabiatshunoslik yaratildi. Buning negizida Nyuton klassik mexanikasining 3 aksiomasi yotadi. Ayniqsa, uning ikkinchi aksiomasi 18-asrda T. sohasida kashf etilgan muhim qonunlarning deduktiv asosi bo’ldi. Natijada Tabiatshunoslik qonunlarini matematik ravishda isbotlashga imkon yaratildi. Bu davrda Lagranj, Eyler, Gauss, Laplas, Bernulli va boshqa olimlar kashf etgan qonunlarni hamma fanlarga tatbiq etish harakatlari paydo bo’ldiki, bu aslida noto’g’ri bo’lib chiqdi. 19-20-asrlarda Tabiatshunoslikning bu yo’nalishini mexanisizm deb, yangi tabiat krnunlari kashf etila boshladi. J. Tomson elektronni, A. Bekkerl radioaktivlik hodisasini kashf qilishi Tabiatshunoslikda, birinchi navbatda, fizikada ilmiy inqilobga asos bo’ldi. A. Eynshteynning nisbiylik nazariyasi, Ch. Lapelning geol. dagi, Ch. Darvo’n, J. Kyuve, Veysman va Morganning biol.dagi, K. Berning embriologiyadagi, shuningdek, molekulyar genetika va gen injeneriyasi sohasidagi yutuqlar Tabiatshunoslik mazmunini boyitdi. Tabiatshunoslikning intensiv taraqqiyoti hoz. zamon ilmiytexnik jarayonini muttasil tezlashtirmokda. 21-asrda Tabiatshunoslik, texnikashunoslik va jamiyatshunoslikni hamkorlikda rivojlantirish davr talabidir. Omonulla Fayzullayev.