TABIBIY AHMAD

TABIBIY AHMAD (taxallusi; asl ism-sharifi Ahmad Ali Muhammad o’g’li, 1869—Xiva—1911) — shoir, tarjimon, tabib. Xiva madrasalaridan birida o’qigan. Otasidan va zamonasining mashhur tabibi Yaxshimurodbekdan tabiblikni o’rgangan, Muhammad Rahimxon II (Feruz) saroyida tabiblik qilgan. She’riyatda shuxrat qozongan. O’zbek va forstojik tillarida, mumtoz adabiyotning an’anaviy janrlarida ijod qilgan. She’rlaridan 5 devon — «Tuhfat ussulton», «Munis Ulushshoq», «hayrat uloshiqin» (o’zbek tilida), «Mir’ot ulishq», «mazhar ulishtiyoq» (forstojik tilida) tuzgan. Ularda Real hayotni, sof muhabbatni ulug’lagan («aylading», «Ozoridur» va b.). Tabib o’zbek adabiyotida muxammas janrini rivojlantirgan: Navoiy, Sa’diy, Jomiy, Zebunniso, Munis, Ogahiy, Mirzo g’olib va b.ning g’azallariga 518 ta muxammas bog’lagan. Xorazm shoirlari haqida «Majmuat ushshuaroi payravi Feruz Shohiy», «Majmuai muxammasoti ashshuaroi Feruz Shoqiy» (1909) tazkiralarini tuzgan. Ikkinchi majmuasi, asosan 33 shoir muxammaslaridan tashkil topgan. Unda dastavval Ogahiy g’azallariga, so’ng Feruz she’rlariga boglangan muxammaslar, keyin esa Feruzning «Oromijon nigorim, sarvi ravon nigorim» g’azaliga taxmis, muxammas va musaddaslar keltirilgan. Xotima qismida esa shu to’plamga kirgan Umidiy, Doiy va Xayoliyning vafoti haqida xabar, Bayoniyning «Majmuat ushshuaroi payravi Feruz Shohiy»ga yozgan taqrizi berilgan. Tabib «Vomiq va Uzro» qissasining O’zbekcha she’riy (masnaviy) variantlarini yaratgan (8100 bayt). Fuzuliyning «Haft jom» asarini forstojik tilidan o’zbekchaga tarjima qilgan. «Yetti ravza» nomli asar ham yozgan. Asarlarining bir necha qo’lyozma va toshbosma nusxalari O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik intida saqlanadi. As: tanlagan asarlar, T., 1968. Ad..G’anixo’jaev F., Tabibiy, T., 1978.