TAGANROG QO’LTIG’I
TAGANROG QO’LTIG’I – Azov dengizining shim.Sharqiy qismidagi qo’ltiq. Dolgaya va Belosarayskaya qum tillari qo’ltiqni dengizdan ajratib turadi. Uzunligi 140 kilometr, eni kiraverishida 31 kilometr, o’rtacha chuqurligi 5 metr. Dekabrdan martgacha muzlab yotadi. Taganrog qo’ltig’iga don, Kalmius, mius va Eya daryolari quyiladi. Sohilida Mariupol (Ukraina), Taganrog (Rossiya Federatsiyasi) portlari bor.