TAGUI

TAGUI — o’rtapishar xo’raki, mayizbop uzum navi. Armaniston uzumchilik, vinochilik va mevachilik ilmiy tadqiqot institutida Kattaqo’ryun va pushti kishmish navlarini chatishtirib chiqarilgan (R.A.Ergesyan). Tupi kuchli o’sadi. Barglari o’rtacha, besh bo’lmali, orqa tomoni silliq. Guli ikki jinsli. Uzum boshi o’rtacha, konussimon. G’ujumi o’rtacha va yirik, cho’ziq, ko’kishsariq, yupqa g’ubor bilan qoplangan. Po’sti yupqa, eti go’shtdor, sersuv. Kurtagi bo’rtgandan keyin faol harorat yig’indisi 3220° bo’lganda 140— 150 kunda pishadi. Novdalari yaxshi etiladi. Hosildorligi 120-150 tsentner/gektar. Kasalliklar va zararkunandalarga chidami o’rtacha. Uzumi yangiligida iste’mol qilinadi, yuqori sifatli mayiz tayyorlanadi.