Tailar

TAILAR — Hindixitoy, Janub Xitoy va shimoli Sharqiy Hindistondagi xalqlar guruhi (siamlar, Chjuan, Lao, bui, Shan, tay va boshqalar). 70 million kishi (1990 yillar o’rtalari). Tay guruhiga mansub tillarda so’zlashadi. Tailar ajdodlari — Yantszi daryosining Janub sohillarida yashagan siyue va loyue qabilalari miloddan avvalgi 2-1 ming yilliklarda Janubga siljib Mekong, Xongxa va Menamchaoprai vodiysidan monlar va kxmerlarning ajdodlarini surib chiqarib, qisman ular bilan aralashib ketganlar. 14-asr boshiga kelib Tailar hozir yashab turgan hududlarni egallaganlar. Dehdonchilik, bog’dorchilik, hunarmandchilik, ovchilik va baliq ovlash bilan shug’ullanadi.