TAIZ

TAIZ, Taizz — Yaman Respublikasining Janub qismidagi shahar. Taiz viloyatining ma’muriy markazi. Sabr tog’lari etagida, 1200 metr balandlikda joylashgan. Aholisi 318 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Mamlakatning Janub qismidagi savdo-transport markazi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Plastmassa va alyuminiydan turli buyumlar, metall idishlar ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. Taiz o’rta asrlarda Yamanning yirik savdo shaharlaridan biri edi. 18-asrga kelib o’z mavqeini yo’qotdi. 1962 yilgacha Yaman imomining qarorgohi bo’lgan. Me’moriy yodgorliklardan almuzaffar masjidi (13-14-asrlar), alashrafiya masjidi (13- asr) hamda shahar devori va boshqalar saqlangan.