TAZOD

TAZOD, mutobiqa, mutazod (Arabcha — zidlash) — badiiy tasvirning ta’sirchan va keng qo’llanadigan vositalaridan. Nasrda ham, nazmda ham uchraydi. O’zaro zid tushunchalarni ifodalovchi so’z yoki iboralarni ishlatishda ko’zga tashlanadi: Gahe tobtim falakdan notavonlig’, Gahe ko’rdim zamondan komronlig’. Base issig’-sovug’ko’rdim zamonda, Base achchig’-chuchuk togtim jahonda. (Navoiy). «Notavonlig’— komronlig'», «issiqsovuq», «achchig’-chuchuk» so’zlari vositasida Tazod yaratilgan. Tazod, dastlab folklor va qadimgi badiiy adabiyotda ishlatilgan. Navoiy asarlarida yuksak she’riy san’at darajasida taraqqiy etgan. O’zbek shoirlari ijodida ham Tazod uchraydi (G’. G’ulom, «Sen yetim emassan», E.Vohidov, «Yurak va aql» va boshqalar). Ad.: Husayniy A., Badoyi’ ussanoyi’, T., 1981.