TAYANCH YULDUZ
TAYANCH YULDUZ — koordinatalari aniqlanishi kerak bo’lgan osmon ob’ektlari (mayda Sayyora, kometalar, er sun’iy yo’ldoshlari) atrofida tanlab olingan va koordinatalari ma’lum bo’lgan yulduz. Kosmik navigasiya masalalarini hal qilishda (astronomik usul) mo’ljal vazifasini bajaradi. Quyosh, sayyoralar va eng yorug’yulduzlar Tayanch yulduz bo’la oladi. Masalan, eng qulay Tayanch yulduz osmonning Janubiy yarim sharidagi Kanopus yulduzidir; u ekliptika tekisligiga perpendikulyar bo’lgan chiziq yaqinida joylashgan.