TOJIKIT

TOJIKIT — Nodir yer elementlari va bor guruhiga mansub mineral. Ilk bor O’rta Osiyoda Zarafshon daryosining havzasida topilgan. Kimyoviy tarkibida, TR2, Ti, B4, Si4O20. Jigarrang, shishadek yaltiraydi. Qattiqligi 5,5—6, zichligi 3,8 g/sm3. Qorateginning sharqidagi albitlashgan pegmatitlarda evdialit va tyanshanit bilan assosiasiyada uchraydi. Nodir yer elementlari va borning boshqa minerallarini qidirib topishda Darakchi hisoblanadi.