TOZALIK SINFLARI
TOZALIK SINFLARI — metallarga ishlov berishda ularning sirti tozaligi (silliq va g’adirbudirlik darajasi)ni hisobga olish uchun belgilanadigan me’yorlar; ishlov berilgan sirtlarning sifat ko’rsatkichi. Ishlov berilgan sirtlarning relefi (qiyofasi)ni hosil qiluvchi notekisliklar majmui sirt g’adirbudirligi deb ataladi. Tozalik sinflari metallar sirtidagi mikronotekisliklarning g’adir-budirlik o’rta chizig’idan og’ishi va notekisliklar balandligi bilan ifodalanadi. O’zbekistonda 14 Tozalik sinflari belgilangan. Tozalik sinflari standartlashtiriladi.
O‘xshash so‘zlar
- Tozalash
- Tozalikka zid
- Tozalash inshootlari
- Tozalash (artishga oid)
- Tozalash (shilishga oid)
- TOZILAR
- Trabzon, Trapezund
- Traektoriya


