TABIIY HUQUQ

TABIIY HUQUQ — davlat va huquq nazariyasida insonning tabiatidan kelib chiqadigan va shu tufayli muayyan davlatda ularning qonuniy tan olinishi yoki olinmasligiga bog’liq bo’lmaydigan printsiplar, qoidalar, huquq va qadriyatlar yig’indisini anglatuvchi tushuncha. Tabiiy huquq g’oyasi Yunoniston va qadimgi Rimda paydo bo’lib, Sokrat, Aristotel, Tsitseron, Ulpian va boshqalar Rim yuristlarining nomlari bilan bog’liqdir. O’rta asrlarda ilohiyshunos Foma Akvinskiy uni rivojlantirdi. Biroq, bu g’oyalar mustaqil ilmiy maktab va tabiiyhuquqiy ta’limot sifatida 17— 18-asr burjua inqiloblari arafasida shakllandi. Uning ko’zga ko’ringan namoyandalari: G. Grosiy, T. Gobbs, J. Lokk, Volter, Sh.L. Monteske, J.J. Russo, A. N. Radishchevlardir. O’zbek xalqining Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Amir Temur, Alisher Navoiy kabi ajdodlari ham huquqni tabiat yoxud Alloh tomonidan insonlarga berilgan imkoniyatlar majmui deb tushunganlar. Tabiiy huquq nazariyasi tarafdorlari jami-yatda ikki, ya’ni pozitiv va Tabiiy huquq mavjud, deb hisoblaydilar. Pozitiv yoki ijobiy huquq — muayyan davlatda rasman tan olingan va amalda bo’lgan hamda qonunlarda va davlat hokimiyatining boshqa huquqiy hujjatlarida, shu jumladan, davlat tomonidan sanktsiyalangan odatlarda ifodalangan huquqdir. Tabiiy huquq maktabi vakillari feodal huquqini, ayniqsa, qirol absolyutizmi davridagi huquqni tanqid qilib, uning cheklanganligini, adolatsizligini, davlat hokimiyati qabul qiladigan qonunlar insonlarning og’ir qaramlikdagi ahvolini, o’zboshimchalik va zulmni mustahkamlashga xizmat qilganligini qoralaganlar. Tabiiy huquq pozitiv huquqsan farq qilib, inson tabiatidan, mohiyatidan, adolat, axloqiylik kabi umuman olingan axloqiy tamoyillardan kelib chikali. Shu bois u oqil va adolatlidir, alohida davlatlarning chegaralari bilan cheklanmaydi, balki barcha dairlar va xalklarga tarqaladi. U inson tabiati va mohiyati kabi abadiy va o’zgarmasdir. Undagi asosiy axloqiy va huquqiy g’oyalar — insonning yashash, ozodlik, tenglik, erkin bo’lish, mehnat qilish, oila, mulk, xavfsizlik, zulmga qarshilik ko’rsatish kabilarga bo’lgan tug’ma ajralmas huquklarining mavjudligidir. Ularni muhofaza qilish va ta’minlash har qanday siyosiy tuzilmaning, birinchi navbatda, davlatning vazifasi bo’lishi kerak. Tabiiy huquq nazariyasi 20-asrning 2-yarmida yanada rivojlantirildi va butun dunyoda inson huquklari uchun olib borilayotgan umumiy kurashning nazariy asosiga aylandi. Tabiiy huquqlarni sof yuridik ma’nodagi huquqlar deb atash qiyin, biroq u pozitiv huquq, ya’ni davlat o’rnatadigan huquq yordamida Real huquklarga aylanishi mumkin. Tabiiy huquq nazariyasining asosiy g’oyalari AQShning Mustaqillik deklaratsiyasida (1776 yil), Frantsiyaning inson va fuqaro huquqi va erkinliklari deklarasiyasida (1789 yil) va boshqa davlatlarning huquqiy hujjatlarida o’z ifodasini topgan. Insonning tabiiy, tug’ma huquqlari ko’p davlatlarning hozirgi zamon huquqiy tizimlarida konstitutsiyaviy jihatdan mustahkamlandi. O’zbekiston Respublikasining qonunlari ham insonning Tabiiy huquqlarini, adolat, haqiqat, ozodlik, mustakillik nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda belgilamoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24-moddasi «har bir insonning ajralmas huquqi» sifatida yashash huquqini mustahkamladi. Ma’rifiy jamiyatda tabiiy va pozitiv huquqni qaramaqarshi qo’yish uchun asoslar yo’q, chunki Tabiiy huquq ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish yagona umuminsoniy tizimini tashkil etuvchi inson Tabiiy huquqlarini mustahkamlaydi va himoya qiladi. Zayniddin Islomov.