TAZAR
TAZAR — yer ostidagi suv, yomg’ir, kor suvlarini yig’ib shahar tashqarisiga chiqarish va oqindilar uchun katta (yo’g’on) sopol quvurdan yoki g’isht va loydan tayyorlangan maxsus qurilma. Qadimdan zahob erlarning suvini qochiradigan zovur uslubidagi kuvurlar bo’lgan. Qadimgi Misr, Rim, Yunoniston va Hindistonda Tazar qo’llanilgan. Dalvarzintepadan milodiy 2-3-asrlarga oid boyzodagon uyining poli ostidan (3,5 metr chuqurlikdan qazib olingan 20 ta Tazarning uzunligi 93-98 santimetr, diametri 42— 46 santimetr bo’lgan) topilgan. Afrosiyobdan, Tojikistonning Qo’rg’ontepa budda ibodatxonasidan (2-3-asrlar), Termizdagi Qoratepa budda ibodatxonasidan (2-3-asrlar), Afg’onistonning Oyxonim shahar xarobasidan (miloddan avvalgi 4-asr), Marvpet Abdullaxon shaharqal’a xarobasidan topilgan Tazarlar o’ziga xosdir. O’rta Osiyoda (11-16-asrlar) Ark, O’rda, qal’a, turar joy me’morligi, madrasa va hammomlar qurilishida Tazardan foydalanilgani haqida yozma ma’lumotlar saqlangan. Hozirgi kunda ko’pqavatli uylar, jamoat binolari va boshqa qurilishlarda kanalizasiya tizimidan foydalanilmokda.