EPLTON (EPLLTON) EDUARD VIKTOR
EPLTON (EPLLTON) EDUARD VIKTOR (1892.6.9, Bradford — 1965.21.4, Edinburg) — angliyalik radiofizik. London Qirollik jamiyati a’zosi (1927). Kembrij universitetini tugatgan (1914). London universiteti (1924-36), Kembrij universiteti professor (1936-39), Buyuk Britaniya ilmiy tadqiqotlar departamenti kotibi (1939-49). Edinburg universiteti rektori (1949 yildan). Asosiy ilmiy ishlari radioto’lqinlarning tarqalishi va so’nishiga oid. 1924 va 1927 yilda ionosferaning radioto’lqinlarni qaytaruvchi ikki qatlamini eksperimental ravishda topdi. Ionosferani har tomonlama tekshirgan. Nobel mukofoti laureati (1947).