TSIANIDLAR

TSIANIDLAR — tsianid kislota (HCN) tuzlari. Umumiy formulasi MeCN (bu yerda Me — 1 valentli metall). Ko’pchilik oddiy Tsianidlar rangsiz. Ishqoriy va ishqoriy-yer metallarning Tsianidlari suvda eriydi. Og’ir metallarning Tsianidlari (simob tsianiddan tashqari) suvda oz eriydi. Tsianidlar oksidlanganda tsianatlar hosil qiladi. Tsianidlar oltin va Kumushni rudalardan ajratib olishda, fotografiyada qo’llanadi. Tsianidlar juda zaharli.