YELIM RASSOMLIGI

YELIM RASSOMLIGI — rangtasvirda asar yaratish usullaridan biri. Bo’yoq (pigment)ning bog’lovchi moddasi hayvon suyaklarini qaynatib olinadigan elimdan iborat bo’lgani uchun shunday nomlanadi. Ayrim hollarda o’simlik elimi, sintetik yelimlar ham ishlatiladi. Ko’pincha asar bo’r asos ustida yaratiladi. Qadimdan ma’lum bo’lgan Yelim rassomligi tasvirning yorqinligini ta’minlaydi, lekin tashqi ta’sirga chidamsiz, tez yuvilib ketadi, asosi qalinroq (dag’alroq) bo’lganda qasnoqlanib tushadi. Shuning uchun xona ichlarini bezashda — devoriy rassomlikda ishlatiladi. Hozir asosan kino va teatr dekoratsiyalari, bayram namoyonlari, muvaqqat plakatlar yaratishda qo’llaniladi.