YER FIZIKASI

Ma’nosi

YER FIZIKASI, geofizika -yer, uning ichki tuzilishi, fizik xossalari va «qattiq» qobiqlarida sodir bo’luvchi fizik jarayonlar, shuningdek, gidrosfera va atmosfera to’g’risidagi fanlar majmui. Yer fizikasi o’rganilayotgan fizik maydon va tadqiqotlar xarakteriga qarab, yer magnetizmi, gravimetriya, seysmologiya, geotermika, atmosfera fizikasi, dengiz fizikasi, razvedka, sanoat geofizikasi va boshqa bo’limlarga bo’linadi.

O‘xshash so‘zlar

Ye harfi: barcha so‘zlar