IBN HURDODBEH ABULQOSIM UBAYDULLOH IBN ABDULLOH
IBN HURDODBEH ABULQOSIM UBAYDULLOH IBN ABDULLOH (820-913) — geograf va tarixchi. Eronda tug’ilgan, Bag’dodda ma’lumot olgan. Jibal viloyati (Eronning shimoli-g’arbida) aloqa Mahkamasi boshlig’i vazifasida ishlagan. Musiqa, tarix, meteorologiya, pazandachilikdan ham xabardor bo’lgan. Ibn Hurdodbehning Arabcha bizgacha yetib kelgan ilk geografik Bayoniy uslubdagi «kitob al- masolik va-l-mamolik» («yo’llar va mamlakatlar haqida kitob») asarida, jumladan, Kaspiy dengizi bo’yidan to G’arbiy va sharqiy Turkistongacha bo’lgan hududdagi mamlakatlar va ularning aholisi, shaharlar orasidagi masofa, yo’llar, aholidan olinadigan soliqlar haqida muhim ma’lumotlar bor.