IBN SAUD (SA’UD) ABDULAZIZ IBN ABDURRAHMON ALFAYSAL AS-SA’UD

IBN SAUD (SA’UD) ABDULAZIZ IBN ABDURRAHMON ALFAYSAL AS-SA’UD (1880.24.10, ar-Riyoz — 1953.9.10, at-Toif) — Saudiya Arabistoni qiroli (1932— 53). Saudiylar sulolasidan. Markazlashgan mustabid davlat tuzishga intilgan. 1902-27 yillarda Najd amiri. Arabiston yarim orolidagi Shammar amirligi, Hijoz qirolligi, shuningdek, Turkiya bilan urushlar olib borgan. Ibn Saudning Hijoz bilan olib borgan urushi (1924-25) uning g’alabasi bilan tugagan. Hijoz, Najd va Birlashgan viloyatlar davlati qiroli (1927-32). Arabiston yarim orolida Ibn Saud tuzgan markazlashgan davlat 1932 yildan Saudiya Arabistoni deb atala boshladi.