IVAN I KALITA

IVAN I KALITA (? — 1340) – Moskva knyazi (1325 yildan), Vladimirning knyazi (1328 yildan). Moskva knyazi Daniil Aleksandrovich (1261 — 1303) ning o’g’li. Moskvaning siyosiy va iqtisodiy qudratiga asos solgan. Oltin O’rdadan Rusda mo’g’ullar uchun o’lpon to’plash huquqini olishga erishgan. Ivan I katta boylik to’plagan (shundan uning laqabi «Kalita» — «pul xaltasi») va uni boshqa knyazliklardan yerlar sotib olish uchun ishlatgan. Ivan I davrida rus mitropolita qarorgohi Vladimirdan Moskvaga ko’chirilgan.