IMMANENT FALSAFA
IMMANENT FALSAFA — 19- asr oxiri — 20-asr boshida vujudga kelgan nemis falsafasidagi oqim. Bilib olinadigan reallik ong doirasidagina bo’lishi mumkin, ya’ni ongga xosdir deb hisoblaydi. Immanent falsafa ong mohiyatini yagona reallik deb biladi. Asosiy vakillari — V. Shuppe, Y. Remke, R. Shubert-Zoldern. Pozitivizm ham Immanent falsafa nuqtai nazariga yaqin turgan.