INTEGRATSIYA
INTEGRATSIYA (lotincha integratio — tiklash, to’ldirish, integer — butun so’zidan) — 1) sistema yoki organizmning ayrim qismlari va funktsiyalarining o’zaro bog’liqlik holatini hamda shunday holatga olib boruvchi jarayonni ifodalaydigan tushuncha; 2) fanlarning yaqinlashishi va o’zaro aloqa jarayoni; differentsiasiya bilan birga kechadi; 3) 2 va undan ortiq davlatlarning iqtisodiyotini o’zaro muvofiqlashtirish va birlashtirish.