INTRAZONALLIK
INTRAZONALLIK (lotincha intra — ichida va Yunoncha Zone — mintaqa) — tabiatning biron o’ziga xos xususiyati yoki komponentlari (tuproq, o’simlik, landshaftlar)ning bir qancha zonalarda tarqalishi. Bir yoki bir necha chegaradosh geografik zonalar ichida intrazonal hodisalar o’zini o’rab turgan zonalar ta’sirida bo’ladi. Qonuniyatli tarkibiy bo’lakni hosil qilgan alohida qismlar ko’rinishida mavjud. Intrazonallik — azonal-ushkning xususiy ko’rinishi.