ICHKI A’ZOLAR
ICHKI A’ZOLAR — odam va hayvonlarning, asosan, ko’krak va qorin bo’shlig’idagi a’zolari. Ichki a’zolarga yurak-tomir sistemasi, nafas, hazm a’zolari, ayirish va ichki jinsiy a’zolar, shuningdek, ichki sekresiya bezlari kiradi. Ichki a’zolarni anatomiyaning maxsus bo’limi — splanxnologiya o’rganadi.