ICHKI KASALLIKLAR
ICHKI KASALLIKLAR — ichki a’zolar kasalliklari. Yurak-tomir sistemasi, nafas, hazm a’zolari, qon, moddalar almashinuvi, jigar, buyrak va boshqa a’zolar kasalliklari Ichki kasalliklarga kiradi. Ularning mohiyati, paydo bo’lish sabablari, belgilari, qanday o’tishi, oldini olish va davolash usullarini terapiya o’rganadi.