FERROMAGNETIZM

FERROMAGNETIZM — ba’zi kristall moddalarning magnit jihatidan tartiblashgan xrlati. Bunda barcha atomlarning magnit momentlari parallel yo’nalishda joylashadi. Magnit momentlarining bunday joylashishi Kyuri nuqtasi deb ataladigan kritik tradan pastda yuz beradi. Atom magnit momentlarining ferromagnit tartibi yuz beradigan moddalar f e r romagneti kl ar deb ataladi. Ferromagnetiklarning magnit qabul qiluvchanligi musbat va 104 ~ 105 qiymatlargacha etadi. Ularning magnitlanganligi va magnit induktsiyasi magnit maydon kuchlanganligi nga nochizig’iy bog’langan hamda N ~ 103 A/m qiymatlarda to’yinishga erishadi. Ferromagnetiklarning magnitlanganligi tashqi maydon yo’qolganidan keyin ham saqlanib qoladi. Kimyoviy elementlardan G’e, Co, Ni, Gd, Tb, Dy, Ho, Er, Tm ferromagnetikdir. Materiallarning ferromagnetik xususiyatlaridan radiotexnik va elektrotexnik qurilmalar (mas, transformatorlar, axborotni yozishning magnit vositalari va boshqalar) da keng foydalaniladi.