FITOFAGLAR

FITOFAGLAR (fito… va phagos — yeb qo’yuvchi) — faqat o’simliklar bilan oziqlanadigan organizmlar. Fitofaglar o’simlikning turli qismlari — unayotgan urug’lar, ildiz, barg, poya, shoxlar, gul organlari va boshqalar bilan oziqlanadi. Fitofaglarning ozuqaga nisbatan ixtisoslashuvi turlicha. Haqiqiy Fitofaglarga ko’pgina hasharotlar mansub bo’lib, ular orasida poli va oligofaglar bilan bir qatorda monofaglar ham bor. Fitofagiya — ayniqsa, yuksak hasharotlar: mo’ylovdor qo’ng’izlar, bargxo’rlar, uzuntumshuq qo’ng’izlar, po’stloqxo’rlar oilasi, chigirtkasimonlar katta oilasi, to’g’riqanotlilar turkumi va boshqalarning vakillariga xos. Ko’pgina Fitofaglar ekinlarga katta zarar yetkazadi.