FITONTSIDLAR

Ma’nosi

FITONTSIDLAR (fito… va lotincha caedo — o’ldiraman) — o’simliklar hosil qiladigan faol modda, boshqa organizmlar (asosan, mikroblar)ni o’ldiradi yoki ularning o’sish va rivojlanishini to’xtatadi. Fitontsidlar o’simliklar immuniteti va biosenozlardagi organizmlarning o’zaro munosabatlarida muhim ahamiyatga ega. Kimyoviy tarkibi bo’yicha — glikozidlar, terpenoidlar va boshqa ikkilamchi metabolitlardan iborat. Daraxtlar (asosan, ignabarglilar)ning Fitontsidlar ishlab chiqarish xususiyati shaharlarni ko’kalamzorlashtirishda ahamiyatga ega. Piyoz, sarimsoq, yerqalampir va boshqa o’simliklar Fitontsidlari qo’shilgan preparatlar tibbiyotda qo’llanadi.

O‘xshash so‘zlar

F harfi: barcha so‘zlar