ISHQORIY-YER METALLAR
ISHQORIY-YER METALLAR — Mendeleyev davriy sistemasining ikkinchi guruhi berilliy guruhchasidagi magniy, kaltsiy, strontsiy, bariy, radiy elementlari. Ular S-elementlar bo’lib, asl metallardir. Bu metallar atomlarining tashqi pog’onasida ikkitadan elektron bo’lib, birikmalar hosil qilganda ularni berib, oksidlanish darajasi +2 ga teng bo’ladi. Ishqoriy-yer metallar — kuchli qaytaruvchilar, lekin ishqoriy metallarga qaraganda birmuncha kuchsizroq. Ular kimyoviy jihatdan ancha faol bo’lib, havoda oson oksidlanadi. Bunda RO ko’rinishidagi asosli oksidlar hosil bo’ladi, ularga R(OH)2 tuzilishidagi asoslar muvofiq keladi. Ishqoriy-yer metallar vodorod bilan birikib, umumiy formulasi RH2 bo’lgan gidridlar hosil qiladi. Ushbu metallardan magniy va kaltsiy katta ahamiyatga ega.