INSON VA FUQARO HUQUQLARI DEKLARATSIYASI
INSON VA FUQARO HUQUQLARI DEKLARATSIYASI (1789) — Buyuk frantsuz inqilobining siyosiy manifesti. 1789 yil 26 avgustda ta’sis majlisida qabul qilingan. Shaxs, so’z, vijdon erkinligini, fuqarolarning qonun oldida tengligini, zulmga qarshilik ko’rsatish huquqini, xususiy mulk daxlsizligini asosiy huquqlar sifatida e’tirof etgan.