TSIRKONIY

TSIRKONIY (lotincha Zirconium), Zr -Mendeleyev davriy sistemasining IV guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 40, atom molekula 91,22. Tabiiy Tsirkoniyning 5 ta izotopi bor; 90Zr (51,46%), «Zr (11,23%), 92Zr (17,11%), 94Zr(17,40%) va %Zr (2,80%). Tsirkoniyning sun’iy yo’l bilan 2 ta radioaktiv izotopi 93Zr (T1/2=1,1106 yil) va 95Zr (T|/2=65 kun) olingan; ular radioaktiv indikatorlar sifatida ishlatiladi. Tsirkoniyni M. Klaprot 1789 yilda kashf qilgan, u tsirkon mineralini analiz kilib, yangi element oksidini ajratib olgan (tsirkon so’zi Arabcha Zerk — qimmatbaho tosh yoki forscha Zargun — oltin tosh demakdir). Tsirkoniy ziynat tosh sifatida qadimdan ma’lum. Yer po’stining massa jihatidan 2102% ini tashkil qiladi. Ts.ning tsirkon (ZrSiO4) va baddeleit (ZrO2) nomli minerallari ma’lum. Tsirkoniy kumush kabi yaltiroq, qattiq, bog’lanuvchan, plastik metall. Tsirkoniyning a — va (3-modifikatsiyalari ma’lum. Oss. geksagonal panjarada, (}- Tsirkoniy hajmiy markazlashgan kub panjarada kristallanadi. Tsirkoniyning zichligi 6,46 g/sm3 (20° da), suyuqlanish temperaturasi 1852°, qaynash temperaturasi 3580-3700°. Tsirkoniy kimyoviy xossasi jihatidan gafniyga o’xshash. Ko’pchilik metallar bilan qotishmalar hosil qiladi. Elektr va issiqlikni yomon o’tkazadi. Tsirkoniyning gidridi kulrang tusli mo’rt metallsimon kukun. Tsirkoniy ftorid kislota ng’ bilan nitrat kislota HNO3 aralashmasida eriydi. Tsirkoniy yuqori temperatuada kimyoviy jihatdan juda faol. Bu sharoitda u galogenlar, kislorod, oltingugurt, uglerod va azot bilan shiddatli reaktsiyaga kirishadi. Tsirkoniy o’z birikmalarida 4 valentli. Tsirkoniy kislorod atmosferasida qizdirilsa, oq tusli tsirkoniy (gu)-oksid ZrO2 hosil bo’ladi. Bu modda suvda ham, suyultirilgan kislota va ishqorlarda ham erimaydi, kontsentrlangan sulfat kislota bilan qizdirilganida juda sust (ng’da tez) eriydi. ZrO2 ga muvofiq keladigan tsirkoniy (g/)-gidroksid Zr(OH)4 tsirkoniy xlorid ZrCl4 ga ishqor ta’sir ettirilganda hosil bo’ladi. Zr(OH)4 suvda oz eriydi, kucheiz (amfoter) asos. Tsirkoniy (1U)- oksidning Me2Zr03, Me4ZrO4 tarkibli tuzlari ZrO2 ni ishqorlar bilan qizdirish natijasida olinadi (bu yerda Me—1 valentli metall). Tsirkoniy tuzlari eritmada gidrolizlanib, tsirkoniya ionini ZrO2+ hosil qiladi. Ts. galogenidlarini hosil qilish uchun ZrO2 ni kumir b-n birga galogen atmosferasida qizdiriladi. ZrCl4 ko’pchilik metallar (hamda vodorod) ning galogenidlari b-n kompleks tuzlar hosil kila oladi. Tsirkon va baddeleit minerali Ts. olishda xom ashyo hisoblanadi. Sof Ts. atom texnikasida neytronlarni qaytaradigan konstruktsion material sifatida ishlatiladi.