IDEAL GAZ

IDEAL GAZ — molekulalari o’zaro mutlaqo ta’sirlashmaydigan gaz; bunda gazni tashkil etuvchi molekulalarning xususiy hajmlari e’tiborga olinmaydi. Har qanday Real gaz zichligi juda kichik bo’lgan hollarda u o’zining tabiati bo’yicha Ideal gazga yaqinlashib boradi. Temperaturaning katta qiymatlarida, ya’ni molekulalarning o’rtacha kinetik energiyalari molekulalarning o’zaro ta’sirlashishi natijasida vujudga kelgan o’rtacha potentsial energiyalaridan juda katta bo’lganda ham Real gazlarni Ideal gazlar deb qarash mumkin. Ideal gazning ichki energiyasi shu gazni tashkil etuvchi barcha molekulalarning xaotik (tartibsiz) ilgarilama va aylanma harakat kinetik energiyalari bilan molekulalardagi atomlarning xaotik tebranma harakati kinetik va potentsial energiyalarining yig’indisiga teng. Aniq massa t ga ega bo’lgan Ideal gazning muvozanatli holatini bosim r, hajm V va temperatura T dan iborat makroskopik parametrlar orqali to’la ravishda ifodalaniladi. Bu parametrlarning o’zaro bog’lanishini ifodalovchi Ideal gazning holat tenglamasi pV=~kT odatda Klapeyron Mendeleev tenglamasi deb ataladi, bunda M — gazning molyar massasi. Ko’pgina amaliy masalalarni hal etishda Real gazlarga Ideal gazlar uchun keltirib chiqarilgan, oddiy ko’rinishga ega bo’lgan qonuniyatlarni katta aniqlik bilan tadbiq etish mumkin.