INDUKTSION NASOS

INDUKTSION NASOS — elektr o’tkazadigan suyuqlik (odatda, suyultirilgan metallar) ni elektromagnit kuch yordamida haydab beradigan magnitogidrodinamik nasos. Induktsion nasos induktori magnit maydoni bilan nasosdan o’tadigan Suyuqlikda induktsiyalanadigan elektr toki maydoni o’zaro ta’sirlashganda elektromagnit kuch vujudga keladi. Induktsion nasos kanallari odatda zanglamas po’latdan tayyorlanadi. Induktsion nasos spiralsimon tokda ishlaydi. Yadro energetikasi, metallurgiya va texnikaning boshqa sohalarida suyuq metallni haydab berishda qo’llaniladi.