INKASSO

INKASSO (italyancha incasso) — xaridor hisobvarag’idan pul summasini olib, sotuvchi ixtiyoriga o’tkazish bo’yicha bank operatsiyalari. Mijozga xizmat ko’rsatish hisob-kitob hujjatlari asosida va xaridorning o’z topshirig’i bilan amalga oshiriladi. Sotib olinayotgan tovar yoki ko’rsatilgan xizmat uchun to’lov turli shakllar (cheklar, veksellar va boshqalar)da bo’lishi mumkin. Sotuvchi-mijoz xaridor-mijozga jo’natgan tovari yoki ko’rsatgan xizmati to’g’risidagi to’lov talabnomasini Inkasso (to’lov uchun) ga bankka taqdim etadi, bank o’z navbatida mazkur to’lov operatsiyasi (xaridor hisobvarag’idan sotuvchi hisobvarag’iga pul o’tkazish)ni bajaradi va mijozlardan o’z xizmati uchun foiz undiradi.