ION ALMASHINUVI
ION ALMASHINUVI — tutashgan ikki faza oralig’ida ionlarning qaytar almashinish jarayoni. Geterogen Ion almashinuvi (ionlar almashinadigan sorbtsiya) da eritmadagi qattiq faza — ionit sirtidagi ionlar bilan almashinadi. Bir ion, masalan, N+ b-n to’yingan ionit boshqa ionlar masalan, Na+ va Sa2+ bo’lgan eritmaga tutashganda eritma bilan ionit orasida ionlar almashinadi. Bunda eritmadagi Na+ va Sa2+ kontsentrasiyasi kamayadi va shunga ekvivalent miqdorda N+ ionlari paydo bo’ladi. Geterogen Ion almashinuvidan bug’qozonlariga beriladigan suvni tuzsizlantirish, gidrometallurgiya, kimyo va farmatsevtika sanoatida keng foydalaniladi.