INQIROZ
INQIROZ — taraqqiyotda orqaga ketish, tanazzul. Har qanday ob’yekt o’zining rivojlanishi mobaynida paydo bo’lish, ulg’ayish, pasayish va halok bo’lish bosqichlaridan o’tadi. Har qanday tizim (ob’yekt)ning nisbatan yuqori darajada shakllangan holatidan quyi darajadagi holatga o’tish jarayoni Inqiroz davri deyiladi. Ijtimoiy tizimlardagi Inqirozlarga differentsial yondoshish kerak. Iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy sohalardagi Inqirozlar, odatda, mustaqil ro’y beradi, ba’zan esa hammasi kompleks tarzda baravar bo’ladi. Bunday holda jamiyatning umumiy Inqirozi boshlanadi.