IONIYA FAYLASUFLARI
IONIYA FAYLASUFLARI — miloddan avvalgi 6-4-asrlarda Ioniyada yashagan yunon faylasuflari. Ular — Fales, Anaksimandr, Anaksimen (Milet maktabi), efeslik Geraklit, apolloniyalik Diogen. Asosiy g’oyalaridan biri mavjudotning birligi, barcha narsalar muayyan ibtido (suv, havo, olov) dan paydo bo’lganligi to’g’risidagi fikrdir. Ioniya faylasuflari naturfalsafasiga gilozoizm xos.