KAKOFONIYA

KAKOFONIYA (Yunoncha kakos — yomon va phone — tovush) — musiqa tovushlarining tartibsiz birikuvi. Odatda, tovushlarning tasodifiy qo’shilishidan hosil bo’ladi. Biroq, musiqiy Avangardizm (masalan, aleatorika) namoyandalari o’z asarlarida Kakofoniya elementlaridan ongli ravishda badiiy maqsadda foydalanishadi (G. Koell, J. Keyj, P. Bulez, Ya. Ksenakis va boshqalar). 20-asrning 70-yillaridan boshlab ba’zi O’zbekiston kompozitorlarining teatr va, ayniqsa, kino uchun yozgan musiqalarida ham uchraydi.